Hozir
Yangilangan: 8-iyl, 2026
Bu sahifada ayni damda nima ustida ishlayotganim yozilgan. G'oya Derek Siversdan.
Ustida ishlayapman
- Shu laboratoriya-sayt. Har bir tajriba jonli demo bo'lgan shaxsiy brend maydonchasi. Frontend + fintech + xavfsizlik kesishmasini ko'rsatmoqchiman.
- Managed Bots — Claude/OpenAI API asosidagi AI-agentlar platformasi. Hozir agent orkestratsiyasi va narxlash modeli ustida.
O'rganyapman
- Next.js 15 App Router'ning chuqur qismlari: streaming, partial prerendering.
- Veb-ilovalar uchun tahdid modellashtirish (threat modeling) — bankdagi ishimning davomi.
Jarayondagi tajriba
- Orbit Sandbox — brauzerdagi n-body gravitatsiya o'yinchog'i. To'qnashuvlarni birlashtirish qismini qo'shyapman.