IS
Barcha yozuvlar
#performance#nextjs#caching

Next.js statik fayllarni xeshlaydi — ularni abadiy keshlang

/_next/static'dagi fayllar nomida allaqachon kontent xeshini saqlaydi. Demak, ularni bir yilga immutable tarzda keshlash mumkin: fayl o'zgarsa, nomi ham o'zgaradi, eski kesh esa hech qachon noto'g'ri «eskirmaydi».

Cache-Control: public, max-age=31536000, immutable

Yuqori RTT'li auditoriya uchun (Markaziy Osiyo) bu sezilarli: takroriy kirishlarda brauzer JS/CSS uchun serverga umuman bormaydi. O'z rasm va shriftlarimni next.config'dagi headers() orqali xuddi shu sarlavha bilan belgiladim.